27 Сен 2016

O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining, yo’l harakati qoidalari asosida jihozlanmagan transport vositalarida harakatlanish uchun ma’muriy javobgarlik chegarasini kengaytirish haqidagi 125-moddasiga nisbatan imzolangan, 411-raqamli O’RQlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi qonuni 2016 yilning 24 sentyabridan boshlab kuchga kirdi.

Qonunga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra: dorilar solinadigan qutichalar (aptechkalar), avariyaviy to’xtash haqida ogohlantiradigan belgi, yorug’likni aks ettiradigan nimcha hamda olovni o’chiradigan moslama, transport oynasini sindirish uchun mo’ljallangan bolg’acha kabilar bilan belgilangan tartibda jihozlanmagan transport vositalariga, qonunda belgilangan eng kam ish haqining yarmi miqdorida jarima solinadi. 1 oktyabrdagi eng kam ish haqining oshishi munosabati bilan esa jarima miqdori 74 887,5 so’mga teng.

Eslatma: Transport vositasining oynasini sindirish uchun mo’ljallangan bolg’acha, yuqorida ko’rsatilgan  boshqa asbob-moslamalar bilan birgalikda, faqat M2 hamda M3 kategoriyasiga kiruvchi transport vositalarini jihozlash uchun zarur. 

M2 kategoriyasiga, haydovchi o’rindig’idan tashqari, yana sakkizta yo’lovchidan ortiq bo’lmagan o’rindiqqa ega, yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan dvigatelli va transport vositasining eng katta massasi 5 tonnadan ortiq bo’lmagan transport vositalari, shu bilan bir qatorda, ularning asosida ishlangan transport vositasining modifikatsiyalari (transport vositasini yaxshilash maqsadida kiritilgan o’zgartirishlar), masalan haydovchi o’rindig’idan tashqari, 3-8 yo’lovchi o’rindig’iga ega bo’lgan hamda avtomashina massasi uning asosiy massasiga teng transport vositalari kiradi.

М3 kategoriyasiga haydovchi o’rindig’idan tashqari yana sakkiz nafardan ko’p yo’lovchi o’rindig’iga ega hamda transportning eng katta massasi 5 tonnadan ortiq bo’lgan transport vositalari kiradi. (q. 7.10 Yo’l harakati qoidalariga kiritilgan 3-qo’shimcha).

Shunday qilib, yengil avtomashinalar dori-darmonlar solinadigan tibbiyot qutichasi (aptechka), olovni o’chiruvchi uskuna, avariyaviy to’xtash haqida ogohlantiruvchi belgi (yoki yonib-o’chadigan qizil fonus (fonar)) hamda yorug’likni aks ettiruvchi nimcha bilan jihozlanishi shart.
Shuningdek, mototsikl hamda mopedlarning (skuter) haydovchilari harakat paytida belgilangan tartibda, boshni zarbdan hamda urilishlardan himoyalaydigan maxsus bosh kiyimni (shlem) kiyishlari shart. Agar mototsikl haydovchisi ushbu shlemdan foydalanmasa, eng kam ish haqining 1/5 qismiga teng bo’lgan miqdorda jarima solinadi (1 oktyabrdan boshlab ushbu miqdor - 29 955 so’mga teng.)

Jarima solinishini kutmang! Sizga kerakli bo’lgan barcha avtomahsulotlar va ehtiyot qismlarini Toshkentning “PROMZONA.UZ” korxonasida xarid qiling.

Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.