VOLVO

“Volvo Construction Equipment” korxonasi — “Volvo” konserniga kiradigan ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi. Ushbu korxona “Volvo” brendi ostidagi yoʻl-qurilish mashinalarini, shu bilan bir qatorda, qurilish hamda yondosh sohalardagi asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, loyihalashtirish hamda texnik va servis xizmat koʻrsatish kabi ishlarni amalga oshiradi.


2012-yilda “Volvo Construction Equipment” korxonasi oʻzining 180 yilligini keng nishonladi. “Volvo” – uzoq muddatli tarixi davomida oʻzining mahsulotlarini takomillashtirib, sifat, mustahkamlik hamda atrof-muhitni asrash kabi asosiy qonun-qoidalariga sodiq qolmoqda.


Yuqorida aytib oʻtilgan gaplarga dalil sifatida esa, “Volvo” korxonasining 1955-yilda ishlab chiqilgan, 1966- yilda esa seriyali chiqa boshlagan “Volvo” biriktirilgan agʻdarma mashinasi, hamda 2011- yilda ishlab chiqarilagan uning “F” seriyasini keltirish mumkin. “Volvo Construction Equipment” korxonasi novatorlik ruhini hamda texnik ijodkorlikni oʻzida mujassamlab kelib, ushbu yillar mobaynida progressni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida tan olingan. Bugungi kunda “Volvo CE” dunyoning ushbu sohadagi eng tajribali korxonalaridan biri hamda uning yetakchisi hisoblanib kelmoqda.


Tarixi

1832 — Boʻlajak korxonaning bazasi sifatida “Eskilstuna Mekaniska Verkstad” tashkil etilgan.

1932 — “Munktells Mekaniska Verkstads Aktiebolag” hamda  “J & CG CG Bolinders Mekaniska Verkstad AB” korxonalarining qoʻshilishi roʻy bergan.

1950 — “AB Volvo” kompaniyasi “AB Bolinder-Munktell” korxonasining 100% aksiyasini sotib oladi.

1960 — “AB Volvo” kompaniyasi “AB Arvika-Thermaenius” korxonasini xarid qilib, uni “AB Bolinder-Munktell” korxonasiga qoʻshib yuboradi.

1976- yildan boshlab to 1982- yilgacha “Volvo BM700” modelidagi traktor ishlab chiqarilgan.

1973 — “AB Bolinder-Munktell”ning nomi “Volvo Bolinder Munkell Aktiebolag” (Volvo BM AB)ga oʻzgartirildi.

1985 — “VME Group” tashkil etilib, “Volvo BM AB” korxonasi uning bir qismiga aylandi. “VME Group” ning 50% aksiyasi “AB Volvo” ga tegishli.

1995 — “AB Volvo” –“VME Group” ning qolgan 50% aksiyasini sotib oladi. “Volvo Construction Equipment" (Volvo CE) tuzildi.

1995 — Fransiyaning “Pel-Job Group” korxonasi “Volvo CE” korxonasining bir qismiga aylandi.

1997 — “Champion Road Machinery Limited” korxonasi “Volvo CE” korxonasining bir qismiga aylandi.

1998 — Janubiy Koreyaning “Samsung Heavy Equipmentired” korxonasi “Volvo Construction Equipment” korxonasi tomonidan xarid qilingan. Nomi esa “Volvo Construction Equipment Korea Ltd”ga oʻzgartirilgan.

2007 — “Volvo CE” korxonasi “Ingersoll Rand” korxonasining AQSH da joylashgan yoʻl-qurilish boʻlinmasini sotib oladi. Ushbu bitim Pensilvaniya, Germaniya, Xitoy hamda Hindistondagi ishlab chiqarish quvvati sotilishini, shu bilan birgalikda, umumiy ishchilar soni 2000ga yetgan AQSH dagi 20 ta sotuv hamda servis obyektlarining sotilishini koʻzda tutgan. Ushbu boʻlinma asfalt yotqizuvchi texnikani, yoʻl gʻaltak mashinalarini, hamda yoʻl frezalari kabi texnikalarni ishlab chiqarib sotish bilan shugʻullangan.


Mahsulotlari

  • Biriktirilgan agʻdarma mashinalar;
  • Ekskavatorlar (gusenitsali, gʻildirakli, ixcham);
  • Gʻildirakli yuk ortgichlari;
  • Yuk ortuvchi ekskavatorlar;
  • Bortli burilish imkoniyatli yuk ortuvchi texnika;
  • Quvur oʻrnatuvchilar;
  • Asfalt qoplamasini yotqizuvchilar (gusenitsali, gʻildirakli);
  • Gʻaltak mashinalar (asfalt, tuproq uchun);
  • Oʻziyurar greyderlar;
  • Gusenitsali xarvesterlar.











  • Ishlab chiqaruvchi tovarlari