AMKODOR

Biz “bir kompaniya haftasi” amaliyotini qayta tiklashga qaror qildik, bu hafta butkul Belarusning AMKODOR kompaniyasi ishlab chiqargan ajoyib maxsus texnikaga bag‘shlanadi.

Bugun AMKODOR yuk ortgich mashinalari, ularning boshqa markalardagi texnikalardan afzalligi, tanlash va qo‘llash sir-asrorlari haqidagi qiziqarli maqoladan boshlaymiz.

 

“AMKODOR” Xoldingi ОАК  MDH hamda Belarus mamlakatlaridagi yetakchi maxsus texnika ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati yiliga 5 mingdan ziyod yuqori texnik darajaga ega bo‘lgan maxsus mashinalarni ishlab chiqaradi.

Korxona 1991- yildan “AMKODOR” deb nomlana boshladi. O‘sha yilda SSSR Og‘ir mashinasozlik vazirligi hamda Minsk yo‘l-mashinasozlik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining qo‘shma qaroriga asosan “AMKODOR” tashkil etilgan.

”Amkodor”  aksiyadorlik jamiyatiga kiruvchi sanoat zavodlari joylashgan shaharlarning bosh harflarining yig‘indisidan paydo bo‘lgan qisqartmadir:

  • «А» – Andropov (Rossiya, Yaroslavl viloyati),
  • «М» – Minsk (Belarus),
  • «К» – Korosten (Ukrainaning Jitomir viloyati),
  • «О» – Orel (Rossiya).

Korxona nomining oxirgi “DOR” harf birikmasi esa “yo‘l mashinalari” degan ma’noni anglatadi.

amkodor.jpg


“Amkodor” ning bosh korxonasi o‘zining tarixini 1927- yildan boshlagan Minskdagi “Udarnik” zavodidir. Dastavval ushbu sanoat korxonasi yumshoq o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashtirilgan (“Vozrojdeniye” fabrikasi). Bir nechayillar o‘tgach, “Udarnik” savdo belgisi ostida SSSRda birinchi bo‘lib o‘ntalik tarozilarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

1952-yildan boshlab esa ushbu zavod yo‘l hamda tuproq qazuvchi texnikani ishlab chiqarish ishlarini boshlagan.

1991-yilda esa SSSR Og‘ir mashinasozlik vazirligi hamda Minsk Yo‘l-mashinasozlik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining qo‘shma qaroriga asosan “AMKODOR” AJ tashkil etilgan.


ОАО «Амкодор»

SSSRning parchalanishidan so‘ng esa “Amkodor” nomi Belarus sanoatiga tegishli bo‘ldi.

2010- yilda 4x4 g‘ildirak formulasiga ega bo‘lgan birinchi Forvarder-2682 rusumli texnika konveyyerdan chiqqan.

Hozirgi paytga kelib, “Amkodor” xolding tarkibiga yuridik shaxsni tashkil etmasdan, uchta tizimli bo‘linmalar kiradi – “Dormash”, “Udarnik” hamda “Dormashmet” zavodlari, shu bilan bir qatorda – yaqinda sotib olingan “Amkodor Dzerjinsk” hamda “Amkodor-Logoysk” xususiy ishlab chiqarish unitar korxonasi, “Amkodor-Lit”, “Amkodor maxsus servis” YAJ, “Amkodor-Torg”, “Amkodor-Pinsk”, “Amkodor Unikab”, “Amkodor-Shklov”, “Amkodor-Unimod” hamda “Amkodor -Moja” kabi o‘nta sho‘ba korxonalari kiradi.

“Amkodor” korxonasi QDI davlarlaridagi qor yig‘uvchi texnikani, kommunal, yo‘l-qurilish, o‘rmon texnikasini, shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi hamda shu kabi boshqa maxsus texnikani ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan biri sanaladi.


Техника Амкодор


Xolding mahsulotlar qatori panshxali avto yuk ortgichlar, yuk ortuvchi ekskavatorlar, bir kovshli frontal yukortgichlar, xarvesterlar, qordan tozalovchi texnika, teleskopsimon o‘qli shassi, forvarderlar, xandaq larni qazuvchi texnika, ko‘p vazifali yuk ortuvchi shassi, g‘alla tozalovchi hamda qurituvchi majmualar, aerodrom tozalovchi mashinalar, bortli burilish imkoniyatiga ega yuk ortgichlar, frezalash hamda burg‘ulovchi-kranli mashinalar kabi texnikani o‘z ichiga olib, 80 dan ziyod modellar hamda ularning modifikatsiyalariga ega.

“Amkodor” korxonasi MDH davlatlarining, Boltiqbo‘yi hamda uzoq xorij davlatlarining 50ga yaqin korxonalarida o‘zining dilerlik tarmog‘iga ega.

Ushbu sanoat korxonasi yiliga 5 mingdan ziyod birlikda maxsus texnika ishlab chiqaradi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 2–7 tonnaga teng bo‘lgan frontal hamda universal bir kovshli yuk ortgichlar nihoyatda talabgirdir.


  Amkodor.JPG












Ishlab chiqaruvchi tovarlari