16 Ìàé 2017

“Doosan” rusumli g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarning tarixi 1977 yildan boshlangan. Aynan shu yilda Janubiy Koreya “Daewoo” korporatsiyasining bo’limi, ya’ni –“Daewoo Heavy Industries” paydo bo’ldi. Ushbu bo’lim esa, bugungi kunda hammaga tanish “Doosan” brendi ostida mashinalarni chiqaradi.

Yaponiyaning “Hitachi” korxonasi bilan hamkorlikda g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarni ishlab chiqarish jarayoni boshlangan bo’lib, sakkiz yildan so’ng ularning o’rnini “Daewoo” korxonasining “Solar” nomiga ega bo’lgan ekskavatorlari egalladi. 1999 yilda esa, 50 000chi “DaewoosolarV” rusumli g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavotorni yi’gish munosabati bilan, ushbu korxona o’zining yirik yubileyini nishonladi.

Turli-tuman og’irlik, quvvat hamda boshqa faoliyat imkoniyatlariga ega bo’lgan“DAEWOO DOOSAN DX” hamda “DAEWOO DOOSAN SOLAR” rusumli g’ildirakli ekskavatorlar modellarining qatori, turli tuproq hamda relyefga ega bo’lgan tuproqlarda yuk ortish va yukdan bo’shatish, shu bilan bir qatorda, yer qazish ishlarida turg’un hamda manevrchandir.

“Doosan” rusumli g’ildirak hamda gi’ldirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarning umumiy afzalliklari:

dos1.jpg
O’q silindrlarining gidroqulflari

“Doosan” rusumli ekskavator o’qining gidrosilindrlarida gidroqulflar o’rnatilgan bo’lib, ish jarayonida ham, ekskavator turargohda joylashganida ham, ishchi jihozlarning o’zidan-o’zi tushib ketishini oldini oladi.
dos2.jpg
Qo’shimcha gidrotasma

Ekskavatorlarning barchasi gidrotasma bilan jihozlangan bo’lib, u qo’shimcha asbob-uskunalarni yoqish uchun xizmat qiladi.:
- Gidrobolta
- Tebranuvchi plita
- Greyfer
- Buzuvchi (Krasher)
- Burg’ilash asbob-uskunalari va hokazolar.
dos6.jpg
Yoqilg’i tizimi

“Doosan” rusumli ekskavatorning dvigatellarida ishlatiladigan yuqori bosim darajasiga ega bo’lgan mexanik yoqilg’i nasosi, mahalliy yoqilg’i turiga asoslangan.
dos7.jpg
Dvigatelning aylanishlarini boshqaruvchi qaytarma mexanik tizimi

Dvigatelning aylanishlarini boshqaradigan elektron sozlovchi tizimi ishdan chiqsa, operator ushbu tizim orqali ishni davom ettira oladi.
dos10.jpg
O’g’rilikka qarshi xavfsizlik tizimi

Qadam motori hamda solenoid bloklarning temirdan yasalgan qutilarda saqlanishi kabi xavfsizlk chorasi, ularning o’g’irlanib ketishini hamda mexanik buzilish va shikastlanishini oldini oladi.
dos11.jpg
Tirgak g’altaklar

“Doosan”hamda “Hyundai” rusumli ekskavatorlarning g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan aravachalarining uzunligi bir xil o’lchamlarga ega bo’lishiga qaramay, tirgak g’altaklari sonining ko’pligi bilan farq qiladi. Bu esa ortishning teng bo’linishini ta’minlab, ish muddatini yanada kengaytiradi.
dos12.jpg
Qo’shimcha yo’naltiruvchilar
Ushbu yo’nlatiruvchilar g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan aravachalarning yuqori qismida joylashgan bo’lib, g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmaga qo’shimcha yordam beradi va qo’shimcha yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi.
dos5.jpg
“DOOSAN DB58TIS” rusumli dvigatel turi
Janubiy Koreyaning “Doosan”rusumli dizelli dvigatellari, o’zining mustahkamligi hamda ishlatilish tasniflarining yuqori darajasi tufayli, dunyo bo’ylab yanada ko’proq mashhurlikni qo’lga kiritmoqda.
Eng so’nggi texnologiyalarni joriy etish jarayonlari esa, “Doosan” rusumli dvigatellarning nafaqat eng qattiq ekologik standartlarga javob berishga, balki yanada katta yoqilg’i tejamkorlik darajasiga erishishga imkoniyat yaratib beradi.
“Doosan” korxonasining mahsulotlari sifati barqarorligi 1958 yilda birinchi dvigatel yig’ilgan paytdan boshlab, dvigatellarni qurish jarayonlarida jamlangan tajriba hisobiga erishiladi. Solishtirganda katta bo’lmagan narxi hamda past darajali ekspluatatsion harajatlari esa, ushbu dizellarni nafaqat ekskavatorlarda, balki boshqa mashinalarda ishlatish imkoniyatlarini yaratib beradi.
O’z korxonasida ishlab chiqarilgan dvigatellarning yana bir ajralmas afzalligi, bu kafolat hodisalarining oson yechimidir (ehtiyot qismlarining hammasi bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan jihozlangan). Boshqa korxona tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatelni ishlatish jarayonida esa, ko’plab muassasalarni aylanib chiqish kerakligi tufayli, kafolat bo’yicha tuzatish jarayoni cho’zilib ketishi mumkin. Umuman olganda, “DOOSAN” dvigatellari o’zini eng mustahkam, tejamkor hamda yoqilg’i turiga injiq emasligi taraflaridan ko’rsatdi.

dos13.jpg
Yoritish jihozlari
“Doosan” rusumli ekskavatorning kabinasi ustida, kunning kechki paytlarida ishni osonlashtiradigan qo’shimcha ishchi yorug’lik farasi joylashtirilgan.


dos3.jpg
“Doosan” rusumli g’ildirakli ekskavatorlarning qo’shimcha afzalliklari.
Gidrosilindrlar, ag’dargich hamda autrigerlarning himoyasi.
Gidrosilindrlarning hammasi, yig’ilgan hamda ishchi holatda ham, temir plastinalar bilan himoyalangan.
dos8.jpg

Osma oshiq-moshiqning himoyasi
G’ildirakli ekskavatorlarning asosiy afzalliklari, g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarnikiga o’xshash bo’lib, qo’shimcha tariqasida g’ildirakli ekskavatorlar osma oshiq-moshiqning himoyasi bilan jihozlangan, transmissiyasi esa ko’prikning ustida joylashganligi bilan farq qiladi. Shu bilan bir qatorda, YBY (yuqori bosim yengi) shlanglarning hammasi temir o’ramga egadir.

“DOOSAN” rusumli ekskavatorni Toshkentning “PROMZONA.UZ” korxonasida xarid qilishingiz mumkin.


Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.