30 Мар 2017

Qishloq xo’jaligi sohasida mini traktorlar yoki kichik gabarit o’lchamlarga ega bo’lgan traktorlar tobora ommalashib bormoqda. Bu talabni sezgan “PROMZONA.UZ” korxonasi, o’z saytiga Italiya mamlakatining buyurtma asosidagi “Ferrari” rusumli kichik gabarit o’lchamli traktorlarining bir nechta modellarini joylashtirish orqali, mijozlariga qulay va foydali taklifni taqdim qildi.

Italiyaning kichik traktorlari esa juda a’lo mavqega ega: ushbu traktorlarning ishlab chiqaruvchilari, yuqori texnologiyali va universal modellarni beto’xtov ravishda yaxshilamoqdalar.

Ushbu kichik traktorlarning ishlab chiqaruvchisi haqida ozgina ma’lumot beraylik. Italiyaning qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Ferrari” korxonasi 1954 yilda Lutstsara (Luccara) shahrida barpo etilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchi korxonani, nomi bir xil bo’lgan sport avtomashinalarini chiqaradigan korxona bilan adashtirmang! Vaholanki, qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanuvchilar orasida, "Ferrari" rusumli traktorlar, sport avtomashinalardan ham yuqoriroq qadrlanadi!

Dastavval, “Ferrari” korxonasi yer maydonlarini sug’oradigan drossel mashinalarini ishlab chiqarishga ixsoslashtirilgan. Ammo Veronada bo’lib o’tgan ko’rgazmada “MS57” rusumli ikki g’ildirakli traktorni taqdim etganidan so’ng, “Ferrari” korxonasi traktorlarni ishlab chiqarish sohasida yetakchilaridan biriga aylandi.

Ferrariga tegishli oshiq-moshiq yordamida biriktirilgan rama bilan jihozlangan “MT65” rusumli kichik traktor paydo bo’lishidan oldin, 1965 yilgacha “MS57” rusumli mashina mashhur bo’lgan. Shu davrdan buyon, “Ferrari” ishlab chiqaruvchisining yuqori texnologiyalarni taqdim etishi, traktorlarning yangi “Eng ko’p sotiladigan” modellari orqali o’z isbotini topmoqda.

70-yillar boshida ushbu korxona Fransiyada “Ferrari France” sho’ba korxonasiga asos solib, traktorlarni ishlab chiqarish sohasida yangi pog’onaga ko’tarildi. 80-yillar oxirida esa “Ferrari” korxonasi “BCS S.p.A” konserniga qo’shiladi.

Bugungi kunda “Ferrari” korxonasi faqat kichik gabarit o’lchamli mashinalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.

“BCS” konserni tomonidan, samaradorlik, qulaylik darajasi, xavfsizlik hamda ekologik jihatdan tozalik kabi ishning sifatini oshiradigan, progressiv konstruktiv tuzilishdagi amaliyotlar amalga oshirilmoqda.

“Ferrari” rusumli kichik gabarit o’lchamlarga ega bo’lgan traktorlarning tuproqqa bo’lgan shibbalash darajasini kamaytiradigan jihozlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Agar siz Italiya mamlakatining “Ferrari” rusumli kichik traktorini xarid qilmoqchi bo’lsangiz, bilingki, ushbu texnikada har doim so’nggi va zamonaviy gidravlika tizimi o’rnatilgan bo’ladi.

Bugungi kunga kelib, “Ferrari” rusumli mini traktorlar va traktorlarning quyidagi modellari ishlab chiqariladi: “INVICTUS”, “VALIANT”, “VITHAR” va boshqalar.

Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.