1 Фев 2017

Bugun, PROMZONA.UZ korxonasi tavalludining 7-chi yilini nishonlamoqda. Biz 7 yoshga to’ldik!

7-yil, bu ko’pmi yoki kam? 7 yil oldin tavallud topgan inson uchun, bu sana chaqaloqlik davridan to maktab yoshigacha bo’lgan umr masofasi hisoblanadi. O’yin-kulgu paytlari tugab, endi ulg’ayishning keyingi bosqichiga o’tish kerak. 7 yil oldin paydo bo’lgan korxona uchun esa, bajarilgan ishlarning ba’zi xulosalarini chiqarish, erishgan natijalarni namoyish etish hamda muvaffaqiyat va yutuqlarni sarhisob qilishga undaydigan bir sanadir.

Bizning korxonamiz shu davr ichida oziq-ovqat hamda sanoat asbob-uskunalarini yetkazib beruvchi korxonadan tortib, to qishloq xo’jaligi, qurilish hamda ixtisoslashtirilgan texnika va uskunalarni yetkazib beruvchi yirik korxonasigacha bo’lgan qiyin masofani bosib o’tdi. Bozor tuzilmasining doimo o’zgarib turishini inobatga olgan holda, texnika va uskunalar turlarini kengaytirish uchun qaror qabul qilindi. Ya’ni korxonamiz bisotiga mototexnika (mototsikllarning shaylanishi va ta’mirlash qismlari), avtomahsulotlar va avtokimyo, shu bilan bir qatorda o’tgan yilning yangi mahsulotlaridan biri – elektrotexnik uskunalar qo’shildi.

Bundan tashqari, 2016 yilda, www.promzona.uz saytimiz negizida avtomahsulotlarga hamda elektr uskunalarga buyurtma berish uchun mo’ljallangan internet-do’kon ochilgan.

2016 yilda shuningdek, korxonamiz faoliyatini kengaytirish doirasida, PROMZONA LEASING korxona bo’linmasi ochildi. Ushbu bo’linma qishloq xo’jaligi texnikasini lizingga berish kabi xizmatlarni ko’rsatib kelmoqda.

Korxonamizning mutaxassislari barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim qilib, lizing xizmati bo’yicha texnika xaridini rasmiylashtirish uchun zaruriy hujjatlarning to’liq to’plamini yig’ishga yordam beradi.

Korxonamizda mutaxassis va xodimlarni tayyorlash jarayoniga katta e’tibor berilmoqda. Korxona rahbariyati esa, mutaxassis va xodimlarning xizmat darajasi oshishini rag’batlantirib kelmoqda. Doimiy ravishda o’tkazilayotgan trening va seminarlar har bir mutaxassisu xodimning malakasini oshirish uchun mo’ljallangan. Zero, yuqori malakali mutaxassislar korxona mijozlarining talablariga to’laqonli javob beradi.

7 yilga teng bo’lgan chegarani bosib o’tar ekanmiz, shu davr ichida olingan tajriba bilan yangi-yangi bilimlarni qamrab olib, marketing, shu bilan bir qatorda internetdagi reklama yo’nalishida ham yangi natijalarga erishgan holda “voyaga yetgan” hayotga qadam bosyapmiz. Bizning korxonamiz yangi biznes shartnomalarga va barcha turdagi hamkorlik hamda sherikchilik aloqalari uchun ochiqdir.

Barcha do’st-u yaqinlarimiz, hamkor va sheriklarimiz, mijozlarimizga biznes boshqarish jarayonida omad, yangi cho’qqi va marralarga erishisini tilab qolamiz!
Команда PROMZONA.UZ
Команда PROMZONA.UZАлишер Касымов
SHOWROOM PROMZONA.UZ
SHOWROOM PROMZONA.UZ
SHOWROOM PROMZONA.UZ
SHOWROOM PROMZONA.UZ
SHOWROOM PROMZONA.UZ
SHOWROOM PROMZONA.UZ
 
Сотрудники PROMZONA.UZ
PROMZONA.UZ

Taqdim etilgan modellarning qo'shimcha tavsiflari (tasniflari) bilan katalogda tanishishingiz mumkin.