25 Янв 2017

Shu yildan boshlab, biz, PROMZONA.UZ korxonamizga yangi an’anani kiritdik. Bu an’ananing nomi esa “Family day” dir. Ushbu jumla ingliz tilidan tarjima qilinganda, “Oilaviy kun” yoki “Oila kuni” degan ma’noni anglatadi.

Bu an’anani kiritishning bosh maqsadi esa, yosh bolalarga qayerda va qay tarzda ishlashimizni ko’rsatish, kattaroq yoshdagi o’g’il bolalarda texnika va uskunalarga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, va keyinchalik, ularni ota-onalarning munosib vorislari sifatida tayyorlashdan iborat.

Yuqoridagi sabablaridan tashqari, biz va bizning PROMZONA.UZ korxonamiz uchun ota-onalarning o’z farzandlariga ajratgan qimmatli vaqtlari ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bilasizmi, bayram juda ham quvonchli va kulgili o’tdi.

Bayramimizga, bolalarni tabriklash uchun “Sovuq Yurak” nomli mashhur multfilmning bir nechta bosh qahramonlari bilan birga tashrif buyurgan Anna va Elza bir olam zavq ulashdi.

Ayniqsa, hammani qor odam hayratda qoldirdi, u haqiqiy qor odamning o’zginasi edi!

Bundan tashqari, bayramda Tulkijon va Bo’rivoy rollarida qatnashgan PROMZONA.UZning xodimlari kelgan mehmonlarning xursandchiligini yanada oshirishdi. Bu yilning ramzi bo'lgan Xo’roz esa bayramimizni Tulkijon va Bo’rivoylardan jasorat bilan himoyaladi.
Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ
Avvaldan o’ylangan reja bo’yicha, sovg’alarni tarqatish an’anaviy marosimidan so’ng mehmonlarimiz chin dildan tayyorlangan dasturxonga taklif qilindi. Lekin bu ham kamlik qilganday bo’ldi!

Bizning ishchilarimiz ikki soat davomida bolalarni texnika va uskunalardan ajrata olishmadi. Chunki barcha yosh mehmonlarimiz texnikaga juda berilib ketishgandi. Ularga ayniqsa, “Elektr uchg’ildirakda sayohat” improvizatsion attraksioni yoqdi. Yoshi kattaroq bolalar esa turli xil texnik uskunalar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni eshitgandan so’ng, mazza qilib texnikaning ustiga chiqib ko’rishdi.
Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ

Family Day в PROMZONA.UZ
Bu kabi qiziqarli va quvonchli amaliyot, bunday formatdagi marosimlar talabgir ekanligidan dalolat berdi. Shu boisdan bugungi kundan boshlab “Family Day”, ya’ni Oila kuni, PROMZONA.UZ korxonamizning yangi an’anasiga aylandi!